Endilikda jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolar ozodlikka chiqqach tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istasa, ularga davlat tomonidan bir martalik yordam paketi beriladi. Bu haqda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan O‘zbekistonning 2022—2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida aytib o‘tilgan.

Foto: Google

Farmon loyihasiga ko‘ra, jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarning kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘maklashish uchun “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimi joriy qilinadi. 

Ushbu tizim doirasida jazoni o‘tab bo‘lgan va o‘zining aniq loyihasini (tadbirkorlik, ishlab chiqarish, me’morchilik va h.k.) taqdim etib, mustaqil faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. 

Farmonga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimini ishga tushirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasi kiritishi kerak.