2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi yangi konsullik muassasalari tashkil etiladi.

Foto: Dunyo

Xususan, Rossiya Federatsiyasining Samara, Astraxan, Tula, Kaliningrad va Nijniy Novgorod, Qozog‘istonning Chimkent, Chexiyaning Praga, Kanadaning Ottava, Koreya Respublikasining Pusan shaharlarida O‘zbekiston Respublikasining bosh konsulxonalari ochiladi.

O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi bosh konsulxonalari (Sankt-Peterburg, Vladivostok, Qozon, Rostov-Don, Novosibirsk va Yekaterinburg), AQShning Nyu-York, Germaniyaning Frankfurt-Mayn va Turkiyaning Istanbul shaharlarida joylashgan bosh konsulxonalari xodimlari sonini oshirish ham ko‘zda tutilgan.

Rossiyaning Moskva shahridagi, Polshaning Varshava shahridagi va Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonalar shtat jadvallariga bittadan yangi konsul shtat birligi kiritiladi.