NATO bosh kotibi Stoltenberg 12-yanvar kuni Rossiya bilan muzokaralar o‘tkazilishini ma’lum qildi.

Foto: Google

Alyans va Rossiya oʻrtasidagi muzokaralar 12-yanvar kuni boʻlib oʻtadi, dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

“Rossiya bilan muloqot oʻzaro manfaatli asosda, NATOning Moskva harakatlaridan xavotirini inobatga olgan holda hamda NATO ittifoqining yevropalik hamkorlari fikrlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi kerak”, degan u.

Dekabr oyi oʻrtalarida Moskva Vashington va uning ittifoqchilariga Yevropada xavfsizlikni oʻzaro kafolatlash, oʻrta va qisqa masofali raketalarni bir-birining qoʻli yetadigan joyda joylashtirmaslik va ittifoqni sharqqa yanada ilgari surishdan bosh tortish takliflarini topshirdi. Vladimir Putin bir necha bor ta’kidlashicha, blokning kengayishi va Ukrainada hujum qurollarining joylashtirilishi Moskva uchun qizil chiziqlardir.