Xorazm viloyati, shuningdek, barcha shahar va tuman hokimlari 15-yanvargacha ta’tilga chiqarildi. Ularning vazifasini vaqtincha bajaruvchilar tayinlandi.

Foto: Google

Jumladan,

– Xorazm viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajarish viloyat hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bosh boshqarmasi boshlig‘i Igambergenov Qudratbek Qadambayevich zimmasiga;

– Urganch shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Eshchanov Jahongir Saparbayevich zimmasiga;

– Xiva shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajarish shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Babayev Xamidjon Atabayevich zimmasiga;

– Bog‘ot tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Qurbonov Sanjarbek Rustamovich zimmasiga;

– Gurlan tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Davlatov Ulug‘bek Jumaniyozovich zimmasiga;

– Qo‘shko‘pir tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i O‘razmetov Sanjarbek Sultannazirovich zimmasiga;

– Urganch tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Xujayev Alisher Allaberganovich zimmasiga;

– Hazorasp tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Ollakuliyev Zafar Baxromovich zimmasiga;

– Xiva tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Meyliyev Sanjarbek Tangribergonovich zimmasiga;

– Xonqa tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Bekchanov Siroj Bozor o‘g‘li zimmasiga;

– Shovot tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish majburiyati tuman
hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Yakubov Azamat Pirnofosovich zimmasiga;

– Yangiariq tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Saidov Omanboy G‘oibnazarovich zimmasiga;

– Yangibozor tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i Xalmetov Jaxongir Baxadirovich zimmasiga;

– Tuproqqal’a tumani hokimi vazifasini vaqtincha bajarish tuman hokimining Tuproqqal’a hududi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Abdirimov Otabek Madrimovich zimmasiga yuklatildi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Farg‘ona va Buxoro viloyatining barcha tuman va shahar hokimlari 15 kunlik mehnat ta’tiliga chiqqani haqida xabar berilgan edi.