Mazkur YTH yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo’limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Qashqadaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: IIV axborot xizmati

Joriy yilning 1-yanvar kuni soat 13:00larda, Qashqadaryo viloyati, Dehqonobod tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Termiz-Toshkent” avtomobil yo‘lida haydovchi, 1990-yilda tug‘ilgan A.M. “Cobalt” rusumli avtomobilda Ob-havo yomg‘ir yog‘ayotganligini inobatga olmasdan tezlik bilan harakatlanishi oqibatida, rul boshqaruvini yo‘qotib beton to‘siqqa urilgan.

Hodisa natijasida, haydovchi A.M. hamda ushbu avtomobilda bo‘lgan to‘rt nafar yo‘lovchilar olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etishgan.

Mazkur YTH yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo’limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.