Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 56,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 81,6 ming tonna pomidor eksport qilgan.

Foto: Sputnik

Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 8,4 ming tonnaga kam.

2021 yilning 11 oyi mobaynida O‘zbekiston eng ko‘p pomidor eksport qilgan davlatlar:

  • Rossiya – 40,2 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 26,5 ming tonna;
  • Qirg‘iz R. – 12,7 ming tonna;
  • Tojikiston – 2 ming tonna;
  • Belarus – 53,6 tonna;
  • AQSh – 20,9 tonna;
  • Mongoliya – 15,6 tonna;
  • Afg‘oniston – 12,0 tonna;
  • Ukraina – 10,1 tonna;
  • BAA – 9,9 tonna;
  • Germaniya – 0,5 tonna.

Qaysi hududning pomidor eksporti hajmi ko‘proq?

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar-noyabr oylarida xorijiy davlatlarga pomidor eksport qilgan hududlar:

  • Toshkent viloyati – 11,9 mln.;
  • Farg‘ona viloyati – 8,4 mln.;
  • Xorazm viloyati – 8,2 mln.;
  • Namangan viloyati – 6,7 mln.;
  • Buxoro viloyati – 5,3 mln.;
  • Andijon viloyati – 4,3 mln.;
  • Surxondaryo viloyati – 3,5 mln.;
  • Sirdaryo viloyati – 2,3 mln.;
  • Qashqadaryo viloyati – 1,7 mln.;
  • Navoiy viloyati – 1,6 mln.;
  • Toshkent shahri – 977 ming;
  • Samarqand viloyati – 853 ming;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 398 ming;
  • Jizzax viloyati – 163 ming AQSh dollari.