Kasallanishlar soni kamayishda davom etmoqda: kecha yurtimizda 64 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, ketma-ket beshinchi kun o‘lim holati qayd etilmadi, deb xabar berdi SSV axborot xizmati.

Foto: SSV axborot xizmati

2022-yil 2-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 199 182 (+64) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 3 nafari Andijon viloyatida,
  • 5 nafari Buxoro viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 13 nafari Samarqand viloyatida,
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 3 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 5 nafari Xorazm viloyatida,
  • 10 nafari Toshkent viloyatida,
  • 19 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida:

  • Andijon viloyatida 8 nafar,
  • Buxoro viloyatida 9 nafar,
  • Jizzax viloyatida 3 nafar,
  • Namangan viloyatida 2 nafar,
  • Samarqand viloyatida 15 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 11 nafar,
  • Xorazm viloyatida 7 nafar,
  • Toshkent viloyatida 28 nafar,
  • Toshkent shahrida 24 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 196444 (+107) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.