O‘zbekiston Davlat ekologiya qo‘mitasi keng jamoatchilik, ilmiy-tadqiqot institutlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalari vakillarini jalb etgan holda 2022-yil 1-dekabrga qadar Ekologik kodeks loyihasini ishlab chiqadi.

Foto: Google

Loyihada quyidagilar nazarda tutiladi va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi:

  • ekologiyaga oid qonunchilik hujjatlarini tizimlashtirish va ixchamlashtirish;
  • atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida jamoatchilik nazoratining roli va ta’sirini oshirish;
  • bioxilma-xillikni asrash, tiklash va ko‘paytirishning aniq mexanizmlari va rag‘batlantirish tizimini joriy etish;
  • atrof-muhitni muhofaza qilishda davlat tashkilotlari va fuqarolarning huquq va majburiyatlari;
  • ekologik nazorat va monitoring turlarini amalga oshirish tartibi, shu jumladan, “yashil iqtisodiyotni” rag‘batlantirish choralari;
  • ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi.

Esatib o’tamiz, avvalroq mamlakatda daraxt kesish uchun moratoriy muddatsiz davrga uzaytirilgani, uni buzganlarga jarima oshirilgani haqida xabar bergan edik.