Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Zoir Mirzayev shu yilning 1-yanvaridan mehnat ta’tilida bo‘lib turibdi.

Foto: Nasaf news

15-yanvargacha davom etishi ko‘zda tutilgan ta’til davrida uning birinchi o‘rinbosari M. Fayziyevga viloyat hokimi vazifalarini vaqtincha bajarish topshirilgan.

Bu haqda viloyat hokimining 2021-yil 31-dekabrda tegishli qarori qabul qilingan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Xorazm, Farg‘ona va Buxoro viloyatining barcha tuman va shahar hokimlari 15 kunlik mehnat ta’tiliga chiqqani haqida xabar berilgan edi.