O‘zbekiston prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot” tadbirini o‘tkazish rejalashtirilgan. Bu 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasida aytib o’tilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati xabar qildi

Loyihaga ko‘ra, har yili “20 avgust – Tadbirkorlar kuni” doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan “Ochiq muloqot” tadbirini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Bunda:

  • “Ochiq muloqot” davomida bildirilgan takliflarni amalga oshirish yuzasidan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;
  • har bir hudud bo‘yicha aniq rejalar va erishiladigan maqsadli ko‘rsatkichlarni belgilab olish;
  • yangi tashabbuslarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, tadbirkorlarning fikr-mulohazalarini ommaviy axborot vositalarida yoritish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning 20-avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazgandi. Shundan so‘ng, 20 avgust O‘zbekistonda Tadbirkorlar kuni etib belgilandi.