FVV ma’lumotiga ko‘ra, 2022-yil 3-yanvar soat 08:00dan 4-yanvar soat 08:00gacha Chimyon hududida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi.

Foto: Google

“Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va “Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni so‘raymiz”, deyiladi FVV xabarida.

Bugun, 3-yanvar kuni respublikaning tog‘li hududlarida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq atrofida, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Avvalroq, Bo‘stonliqning tog‘ yo‘llarida bir necha kilometrlik tirbandlik yuzaga kelgani xabar qilingandi.