Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB axborot xizmati

Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Sog‘lom hayot” tezkor profilaktik tadbiri davomida, olingan tezkor maʼlumotlar asosida tumanning “Gulshanobod” mahallasida yashovchi, 1983-yilda tug‘ilgan O.S. ismli ayolning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda, ushbu ayol o‘z uyida ikki juftlik, yaʼni fuqarolar S.F. va Yu.U. lar hamda H.S. va M.G.larning jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib berib, uydan foydalanish davrining har bir soati uchun 100 000 so‘mdan, jami 300 000 so‘m pullarni olib, fohishaxona tashkil qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O.S. ismli ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 131-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.