Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Vobkent tumanida yuk avtomobili yonib ketganligi bo‘yicha rasmiy ma’lumot berildi.

Foto: YHXBB axborot xizmati

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2022-yil 3-yanvar kuni soat 14:20larda Buxoro viloyati, Vobkent tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 241-kilometrida haydovchi, 1986 yilda tug‘ilgan A.R. boshqaruvidagi “Hyundai-Porter” rusumli yuk avtomobilining salon qismida yong‘in yuzaga kelgan (harakat vaqtida). Haydovchi transport vositasini zudlik bilan to‘xtatgan. Yong‘in o‘t uchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q. Transport vositasiga zarar yetgan.

Mazkur hodisa yuzasidan Vobkent tumani FVB va YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.