AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali muloqotida Vashington va uning ittifoqchilari Rossiya Ukrainaga bostirib kirgan taqdirda qat’iy choralar ko‘rishga tayyorligini aytdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: RIA Novosti

“Prezident Bayden Qo‘shma Shtatlar, uning ittifoqchilari va hamkorlari agar Rossiya Ukrainaga bostirib kirish choralarini davom ettiradigan bo‘lsa, qat’iy javob qaytarishlarini bildirdi”, — deyiladi Oq uy bayonotida.

Qayd etilishicha, davlat rahbarlari vaziyatning diplomatik yo‘l bilan hal etilishini qo‘llab-quvvatlagan.

Eslatib o’tamiz, 30-dekabr kuni Jo Bayden Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefonda muloqot qilgan edi.  

Jyen Psakining so‘zlariga ko‘ra, suhbat davomida Bayden “Rossiya Ukrainaga yana bostirib kiradigan bo‘lsa, AQSh va ittifoqchilari munosib javob berishini tushuntirgan”.