Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha Butunrossiya ilmiy-tadqiqot instituti Yerga 2029-yilning bahorida diametri deyarli 400 metr, og‘irligi esa 30 tonnaga yaqin eng xavfli kosmik jismlardan biri bo‘lgan “Apofis” astyeroidi yaqinlashishini ma’lum qildi.

Foto: Sputnik

Taxminlarga qaraganda, kosmik obyekt Yerga deyarli 38,4 ming kilometrga yaqinlashadi. Bu orbitaga joylashtirilgan geostatsionar sun’iy yo‘ldoshlar bilan deyarli bir xil masofani anglatadi.

Qayd etilishicha, “Apofis”ning Yerga yaqinlashish tezligi sekundiga 7,42 kilometrni tashkil qiladi. Diametri 393 metr va og‘irligi taxminan 27 tonna bo‘lgan kosmik jismning Yer yuzasi bilan to‘qnashuvi paytida ajralib chiqadigan enyergiya 1717 megatonni tashkil qiladi.

Bu 1961-yilda sinovdan o‘tkazilgan dunyodagi eng kuchli sovet tyermoyadrosining portlashi paytida chiqarilgan enyergiyadan 30 baravar ko‘p hisoblanadi.

Shuningdek, ma’lumotlarga qaraganda, astyeroid qulagan joydan 10 kilometr radiusda sodir bo‘ladigan zilzila kuchi Rixtyer shkalasi bo‘yicha 6,5 ballga etishi mumkin, shamol tezligi sekundiga kamida 790 metrni tashkil qiladi.

Eslatib o’taiz, avvalroq Yerga bir emas, ikki potensial xavfli asteroid yaqinlashayotgani haqida xabar bergan edik.