Kecha, 1-yanvar kuni Saudiya Arabistonidagi Tabuk tog‘i qor bilan qoplandi. Bu haroratning kutilmaganda keskin pasayishidan so’ng sodir bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: YouTube

Sinoptiklarning prognozlariga ko‘ra, ayrim joylarda qor yog‘ishi davom etadi. Ko‘pgina mahalliy aholi hayotlarida birinchi marta qorni ko‘rdi. Ular ijtimoiy tarmoqlarda hayajonli videolarni baham ko‘rishmoqda.

“Saudiya Arabistonida qor yog‘ishi hayratlanarli. Men dastlab ishonmadim, chunki Tabuk tog‘i bu qadar sovuq bo‘ladigan darajada baland ham emas”, degan guvohlar Twitter’da.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning fevral oyida ham Saudiya Arabistonida qor yog‘gan edi.