Rossiyaning Syertolovo shahrida 21 yoshli o‘zbekistonlik yigit 39 yoshli vatandoshi tomonidan pichoqlandi. Bu haqda “Gazeta.sbg” xabar berdi.

Foto: Gazeta

Ma’lum qilinishicha, 31-dekabr kuni politsiyaga Syertolovo shahrida yashovchi 32 yoshli ishsiz fuqaro murojaat qilgan. Fuqaro Molodyojnaya ko‘chasidagi uylardan birining yonida qonga belangan odamga duch kelganini aytgan.

Voqea joyiga zudlik bilan politsiya otryadi etib borgan va 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosini topgan. Yigit shifoxonaga etkazilgan, uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Yigitga ko‘krak qafasidagi pichoq jarohati tashxisi qo‘yilgan.

Yigitning so‘zlariga ko‘ra, Molodyojnaya ko‘chasidagi uylardan birining xonadonida notanish shaxs unga pichoq bilan urib jarohat etkazgan. Hozirda gumonlanuvchi qidirilmoqda.

Huquq-tartibot idoralari tomonidan “qasddan badanga og‘ir shikast etkazish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq, Moskvada o‘zbekistonlik stomatologni rossiyalik kinoprodyuser pichoqlab o’ldirgani, shuningdek, Rossiyadagi bozorlardan birida 23 yoshli o‘zbekistonlik pichoqlangani xabar berilgandi.