Qozog‘istonda 2022-yilning 1-yanvaridan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar kuchga kirdi, endilikda “Google solig‘i” ham olinadi.

Foto: Google

Mamlakat milliy iqtisodiyot vazirligi xabar berishicha, o‘zgartirishlarga ko‘ra, o‘z tovar va xizmatlarini onlayn-platforma orqali amalga oshiruvchi barcha xorij kompaniyalari respublika budjetiga QQS (qo‘shilgan qiymat solig‘i) to‘lashlari shart.

QQS stavkasi amalga oshirilgan tovarlar va xizmatlar qiymatining 12 foizini tashkil etadi. Qozog‘istonlik soliq to‘lovchilarga ushbu o‘zgarish tatbiq etilmaydi.

“Google solig‘i” hisobiga Qozog‘iston budjetiga yiliga 2 mlrd. tenge (qariyb 50 mlrd. so‘m) kelib tushishi kutilmoqda.