Nam havo oqimlaridan yog‘in yog‘ishi shimolga tomon kamayib boraveradi. Bu haqda UzbMeteo xabar bermoqda.

Foto: Adliya vaziri matbuot kotibi Telegram kanali

2-6 yanvar kunlari O‘zbekistonga janub issiq o‘lkalardan nam havo oqimlari kirib kelish ortidan, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida boshqa hududlarga nisbatan ko‘proq yog‘ingarchilik kuzatiladi. Yog‘inlar yomg‘ir ko‘rinishda yog‘adi. Tog‘larda qorga aylanadi.

Nam havo oqimlaridan yomg‘ir yog‘ishi shimolga tomon kamayib boraveradi.

Sovuq havo oqimlari respublikaning faqat shimol Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida saqlanadi. Janubdan kirib keladigan nam havo massalari bu yerga yetib kelmaydi. Shimoldan kirib kelayotgan sovuq havo tufayli, yuqoridagi viloyatning ayrim hududlarida biroz qor yog‘adi.

Janubiy, iliq nam havo oqimlari ketma-ket kirish fonida faqatgina vodiy, shimol va tog‘li hududlarda havo haroratlari boshqa hududlarga nisbatan ancha past saqlanadi. Janub va vohada haroratlar yuqori bo‘lib turadi.

Hatto, 3-yanvarga o‘tar kechasi Buxoro viloyatlarida yog‘inlar chaqmoq xususiyatli bo‘lishi ham mumkin.