Namangan viloyati Chust tumanida 26-dekabr kuni “Jiguli” yo‘lni kesib o‘tayotgan 20 yoshli ayolni urib yubordi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Footo: Google

Ma’lum bo‘lishicha, voqea soat 18:00lar atrofida tumanning Zarafshon MFY hududida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, 37 yoshli haydovchi “Jiguli” (VAZ-2103) avtomashinasida ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan chustlik 20 yoshli ayolni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda olgan tan jarohati sabab shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda haydovchi avtomobilni hech qanday hujjatlarsiz boshqargani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Chust tuman ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tyergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.