“PSJ”ning to‘rt futbolchisida koronavirus aniqlandi. Bu haqda parijliklar matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Google

Lionel Messi, Xuan Bernat, Serxio Riko va Natan Bitumazalaning koronavirusga topshirgan testi ijobiy chiqdi. Hozirda futbolchilar izolyatsiyaga olingan.

O‘yinchilar 3-yanvar kuni bo‘lib o‘tadigan Fransiya Kubogi doirasidagi “Vann”ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.

2021-yilning yozida Parij jamoasi safiga qo‘shilgan Lionel Messi Liga 1 doirasida 11 ta o‘yinda ishtirok etib, 1ta gol va 4ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Bernat Fransiya chempionatida 7 ta o‘yinda ishtirok etgan bo‘lsa, Riko va Natan joriy mavsum bir martadan “PSJ” futbolkasida maydonga tushgan.