Afgʻonistonda har kuni aholining oʻn foizi giyohvand moddalarini isteʼmol qiladi. Bu haqda muvaffaq hukumatning sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Abdul Bari Umar maʼlum qildi.

Foto: Google

Taʼkidlanishicha, Afgʻonistonning 39 million aholisidan 3,5 millioni har kuni giyohvand moddalarini isteʼmol qiluvchi giyohvandlardir.

Toliblar vakili har bir bunday narkomanlar kuniga 3 dollarlik narkotik isteʼmol qilishiga aniqlik kiritgan. BMT maʼlumotiga koʻra, 2020-yilda dunyoda ishlab chiqarilgan koʻknorning 85 foizi Afgʻoniston hissasiga toʻgʻri kelgan. 2020-yilda koʻknor yetishtirishga moʻljallangan yerlar maydoni 2019-yilga qaraganda 37 foizga koʻpaygan. 2020-yilda u yerda giyohvand moddalariga ruju qoʻyganlarga soni 2,4 million kishi atrofida boʻlgan.

Ma’lumot uchun, “Tolibon” harakati 1996-2001 yillarda hukumat teppasida boʻlgan davrda hukumat giyohvand moddalarini ishlab chiqarish va kontrabandasining 96 foizdan koʻprogʻini nazorat qilgan. Boz ustiga mamlakatda giyohvand moddalariga qarshi kurashish oliy komissiyasi faoliyat yuritgan.

Ekspertlar yuzaga kelgan shart-sharoitlarda narkotiklarning qoʻshni mamlakatlarga kirib borishi ular uchun jiddiy muammolarni keltirib chiqarishidan xavotir bildirishmoqda.