Ikki potensial xavfli asteroid Yerga yaqinlashmoqda. Bu haqda The Sun nashri NASA ma’lumotlariga asoslanib xabar berdi.

Foto: Sputnik

Ulardan birinchisi – 2013 YD48 taxminan Big Ben binosining kattaligicha bo‘lib, kengligi taxminan 104 metrni tashkil etadi va 11-yanvar kuni sayyoramizdan 5,6 million kilometr masofada uzoqlikdan o‘tadi.

Ikkinchisi – 7482 YD48  America Empire State Buildingdan ikki baravar katta, u 18-yanvar kuni Yerga 0,013 astronomik birlik masofada yaqinlashadi.

Bu NASAning Yerga yaqin obyektlarni o‘rganish markaziga ko‘ra yaqin yondashuv hisoblanadi.