Yaponiyadagi Tokio tibbiyot fanlari instituti olimlari koronavirusga qarshi bir umrlik immunitet hosil qiluvchi vaksina ishlab chiqish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda The Japan Times xabar berdi.

Foto: EPA-EFE / ALEX PLAVEVSKI

Olimlar 18 asrda Edvard Jyenner ishlab chiqqan chechakka qarshi vaksinani unga asos sifatida olishgan.

Professor Mitinori Koxaraning so‘zlariga ko‘ra, vaksinada inson uchun xavfsiz bo‘lgan sigir chechagi virusidan foydalaniladi.

Nobelpharma kompaniyasi 2023-yilda vaksinaning birinchi va ikkinchi bosqich klinik sinovlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Sinovlarda 150-200 kishi ishtirok etadi.