Suratlarda zond va Marsning umumiy tasviri, “Tyanven-1” qurilmasi, sayyoraning shimoliy qutb qalpog‘i va Mars yuzasini suratga olayotgan “Chjurong” marsoxodi aks etgan. Xitoy “Tyanven-1” zondi Marsda olgan yangi fotosuratlarni e’lon qildi.

Foto: Cnsa Gov

Suratlarda zond va Marsning umumiy tasviri, “Tyanven-1” qurilmasi, sayyoraning shimoliy qutb qalpog‘i va Mars yuzasini suratga olayotgan “Chjurong” marsoxodi aks etgan. 

Qayd etilishicha, zond va marsoxod me’yordagidek faoliyat olib bormoqda.

“Tyanven-1” zondi 527 kundan beri ishlamoqda, u Yerdan 350 mln. km masofada joylashgan.

Foto: CNSA

Marsoxod o‘tgan vaqt davomida 1400 metr masofani bosib o‘tdi. Ikki qurilma Marsga oid jami 560 Gb ma’lumot to‘pladi.

“Tyanven-1” 2020 yil 23-iyulda Marsga jo‘natilgandi. Zond yetti oydan so‘ng — 2021-yil 10-fevralda sayyoraga yetib borgan.