Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti kompyuter o‘yinlariga haddan ortiq ruju qo‘yishni xavfli kasalliklar ro‘yxatiga kiritdi.

Foto: Interfax

Qayd etilishicha, kompyuter va videoo‘yinlarga ortiqcha berilish ruhiy kasallikning yangicha ko‘rinishi hisoblanadi.

JSSTning bildirishicha, kompyuter o‘yinlarini ko‘p o‘ynaydigan insonda bir yil davomida oilaviy, ijtimoiy, professional va boshqa faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi alomatlar paydo bo‘lishi unda ana shu kasallik borligini bildiradi. 

Bunday tashxisni faqat malakali shifokor qo‘yishi mumkin, deb ta’kidlanadi JSST hujjatida.

Avvalroq, Xitoy hukumati maktab o‘quvchilariga juma, shanba va yakshanba kunlaridan tashqari onlayn o‘yinlar o‘ynashni taqiqlagan edi.