Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 1-apreldan boshlab boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash tartibi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Prezident farmoni loyihasida keltirib o‘tildi.

Foto: Sputnik

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu tartib Taraqqiyot strategiyasida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan vazifalar doirasida amalga oshiriladi. Unga ko‘ra, ikki hududda birinchi–to‘rtinchi sinf o‘quvchilarini byudjet mablag‘i hisobidan bepul ovqat (nonushta yoki tushlik) bilan ta’minlash yo‘lga qo‘yiladi.

Xalq ta’limi, Sog‘liqni saqlash, Moliya vazirligi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va xorazm viloyati hokimligi bilan birgalikda uch oy muddatda 2022-yil 1-apreldan boshlab bepul ovqat bilan ta’minlashni tashkil etish bo‘yicha qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.

Loyihada ajratiladigan mablag‘ sarflanishi ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini o‘rnatish va korruptsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha aniq mexanizmlar nazarda tutiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoev saylovoldi kampaniyasi paytida Qoraqalpog‘istonda 2022-yildan boshlab 1–4-boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun bepul tushlik byerish yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qilgandi.