Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. 

Foto: Google

Jumladan, polkovnik Saidov Olim Chorikulovich IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O.Saidov IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Berdialiyev Baxtiyor Erkinovich IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Avval B.Berdialiyev IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Azizov Davron Abdug‘aniyevich IIV Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i o‘rinbosari – jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

D.Azizov shu vaqtgacha IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i o‘rinbosari-huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyatini tashkil etish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik O‘rinbayev Amanbay Tleubayevich IIV Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar A.Orinbayev IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘ining 1-o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.