Turkiya politsiyasi Anqara aeroportida IShID xalqaro tyerrorchilik tashkilotiga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Rossiya fuqarosini qalbaki pasport bilan qo‘lga oldi. Bu haqda “Yeni Shafak” gazetasi xabar berdi.

Foto: Google

Qayd etilishicha, Kievdan Anqaraga ketayotgan samolyotda yo‘lovchilarning hujjatlarini tekshirish chog‘ida erkakning xatti-harakati shubha uyg‘otgan.

Keyinchalik uning yonidan O‘zbekiston fuqarosi T.I. nomiga rasmiylashtirilgan pasport topilgan, bu hujjat soxta bo‘lib chiqqan. Tyergov davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari 24 yoshli yo‘lovchi B.V. kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya fuqarosi ekanini aniqlagan.

Gazetaning yozishicha, 24 yoshli yigit IShIDning Suriyadagi bir nechta amaliyotida qatnashgan. U “G-87” kodi bilan shifrlangan bo‘lib, bu uning umumiy xavfsizlikka tahdid solishini anglatadi.

Tintuv chog‘ida yigitning yonidan ko‘plab qalbaki shaxsiy guvohnomalar, pasport, haydovchilik guvohnomasi va soxta koronavirus syertifikati topilgan.

Eslatib o’tamiz, avvalroq Turkiyada terrorizmda gumonlanib 23 nafar xorij fuqarosi qo’lga olingani xabar qilingandi.