2021-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 13ta xorijiy davlatlardan qiymati 7,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan qariyb 28 ming tonna guruch import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Guruch importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,7 ming tonnaga oshgan.
2021-yilning o‘tgan 11 oyida O‘zbekiston eng ko‘p guruch import qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 27,5 ming tonna;
- Pokiston – 248,2 tonna;
- Xitoy – 60 tonna;
- Rossiya – 18,2 tonna.