JSST ZF-UZ-VAC2001 O‘zbekiston-Xitoy vaksinasini tasdiqlashi mumkin. Bu haqda innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Shahlo Turdiqulova Podrobno nashriga ma’lum qildi. 

Foto: Kazinform

Uning so‘zlariga ko‘ra, JSST ZF-UZ-VAC2001 vaksinasini 2022-yilning yanvar-fevral oylarida tasdiqlashi mumkin, hozirda tashkilotga taqdim etish uchun hujjatlar tayyorlanmoqda.

Vaksinaning ma’qullanishi u bilan emlangan o‘zbekistonliklarga Yevropa, AQSh va mamlakatga kirish uchun JSST tomonidan tasdiqlangan preparatlar bilan emlash talabini qo‘ygan boshqa davlatlarga bemalol tashrif buyurish imkonini beradi.

Ayni paytda O‘zbekistonda JSST tasdiqlagan Pfizer, AstraZeneca, Moderna kabi vaksinalar ham qo‘llanilmoqda.