Kelajakdagi urushlarda gipertovushli raketalar va dushman internetini ishdan chiqarish qarama-qarshilikning asosiy unsuri bo‘ladi. Ekspertlar Daily Mail nashriga bergan izohlarida ana shunday taxminni bildirgan.

Foto: Sputnik

Mutaxassislarning fikricha, “G‘arb Yaqin Sharq bilan ovora bo‘lib turgan paytda” zarur texnologiyalarni rivojlantirib olgan Rossiya va Xitoy ana shunday taktikani qo‘llaydi.

Qayd etilishicha, Moskva noyabrda sun’iy yo‘ldoshlarga qarshi qurolini sinovdan o‘tkazgan, Pekin esa oktabrda “Yer sharini soatiga 21 ming mil tezlikda aylanib chiquvchi va koinotdan zarba beruvchi maxfiy quroli”ni sinagan.

Ekspertlar shuningdek, urush boshlanadigan bo‘lsa, raqiblar bir-birining kommunikatsiya vositalarini sun’iy yo‘ldoshlar va suvosti kabellariga zarba berish orqali ishdan chiqarishga urinishini taxmin qilgan.