Endi o‘zbekistonliklar xorijga chiqishga taqiqni telefon orqali bilib olishlari mumkin. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Gazeta

Ta’kidlanishicha, besh turdagi davlat xizmatidan mobil aloqa orqali USSD so‘rovi yordamida foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Quyidagi xizmatlardan bir telefon tugmasi orqali foydalanish mumkin:

  • bog‘chaga navbat;
  • ijro hujjati bo‘yicha qarz;
  • kadastr ob’ektiga taqiq;
  • xorijga chiqish taqiqi;
  • tadbirkorlar ma’lumoti.

Bu ma’lumotlarini avtomatik tarzda, navbatsiz va arizasiz olish mumkin. Buning uchun telefon orqali *1148# USSD so‘rovini yuborish va menyudan kerakli xizmat turini tanlash kifoya. So‘rov narxi 49 so‘mni tashkil etadi.

Xizmat hozirda sinov tariqasida yo‘lga qo‘yilgan. Xizmatlar soni bosqichma-bosqich oshirib boriladi.