Bugun, 30-dekabr kuni ertalab Xitoy g‘arbidagi Sinxay provinsiyasining tog‘li hududida 4,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Xitoy seysmologik markazi ma’lum qildi.

Foto: Tarjumon.uz

Uning so‘zlariga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 05:30da sodir bo‘lgan, zilzila o‘chog‘i Golmud shahridan 62 kilometr uzoqlikda, 10 km. chuqurlikda aniqlangan. Bu hudud tog‘li hudud bo‘lib, dengiz sathidan 2,7 ming metr balandlikda joylashgan.

Golmud shahri Sinxay-Tibet platosining ichki qismida joylashgan. Shahar aholisi 200 ming kishidan oshadi.

Ayni paytda qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida aniqlanmoqda.