Xitoy xalq-ozodlik armiyasi Tibetning chegara hududiga oddiy askarlar o‘rniga 200dan ortiq robot askarlarni yuboradi. “Daily Mail” bu haqda xabar berdi.

Foto: O’zA

Robotlardan Hindiston bilan chegaradagi tog‘li hududlarda foydalaniladi. Askarlarga tog‘li joyning sovuq ob-havosida chegarada turish qiyinchilik tug‘diradi, shuning uchun armiya rahbariyati shaxsiy tarkibni qisman robotlarga almashtirishga qaror qildi.

Nashrga ko‘ra, gap “Mule-200” va “Sharp Claws” modellari haqida bormoqda. Robotlar o‘zlari bilan o‘q-dorilar olib yuradi va o‘tochar qurollar bilan jihozlangan.

Armiya rahbariyati ma’lumotida Tibetga turli harbiy maqsadlarga mos texnikalar yuborilishi ham qo‘shimcha qilingan.