Ukrainalik olimlar koronavirusga qarshi vaksinani ishlab chiqishni rasmiylarning qiziqishi yo‘qligi sababli to‘xtatib qo‘yishdi. Bu haqda Milliy fanlar akademiyasi Hujayra biologiyasi instituti rahbari, akademik Andrey Sibirniy ma’lum qilgan.

Foto: Google

“Bozorda vaksinalar kam bo’lganida prezident va bosh vazirning qiziqishi bor edi. Hozir vaksinalar ko’p. Ularga esa qiziqish yo’q”, – deydi Andrey Sibirniy.

Ukraina laboratoriyalarida zarur resurslar yo’qligi sababli, tadqiqot bosqichlaridan birini Polshada o’tkazilish kerak bo’lgan.

“Ukraina Milliy tadqiqot jamg‘armasi bizni olti oydan beri aldab kelmoqda va biz Polshaga pul o’kazmoqchi bo’lgandik ammo, Polshaga pul o‘tkazish uchun hech qanda cheklovlar bo’lmasa ham Ukraina Milliy tadqiqot jamg‘armasi bizni pul o’kazmalarimiz uchun ruxsat bermayapti”, degan olim.

2020-yil oktabr oyida Ukraina prezidenti devonining matbuot xizmati Vladimir Zelenskiyga Ukrainada koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqishni o‘rganishning preklinik bosqichi natijalari taqdim etilgani haqida xabar bergan. So’ng esa Kiyev SARS-CoV-2’ga qarshi emlashni 9-12 oy ichida olishiga umid bildirilgan.