Ukrainaning Lugansk viloyatida 29-dekabr kuni chegarachilar Ukraina–Rossiya chegarasida 5 nafar o‘zbekistonlikni ushladi. Bu haqda Ukraina chegara xizmati xabar berdi.

Foto: Ukraina chegara xizmati

Qayd etilishicha, qoidabuzarlar Rossiya hududiga kirish taqiqlangani uchun belgilangan nazorat-o‘tkazish punktlaridan tashqarida davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tmoqchi bo‘lishgan.

Ularga nisbatan Ukraina davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish yoki noqonuniy kesib o‘tishga urinish (Ukraina Jinoyat kodeksining 204-1-moddasi 2-qismi) moddasi bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzilgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari ma’muriy javobgarlikka tortiladi va o‘z Vataniga majburan qaytariladi.

Avvalroq, Qozog‘istonda ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus YTHga uchragandi.