Anqara razvedka boshqarmasi va Turkiya milliy razvedka tashkiloti xodimlari IShID terrorchilik tashkiloti faoliyatiga aloqadorlikda gumonlangan 23 nafar xorij fuqarosini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya o‘tkazdi. Bu haqda Habertürk telekanali xabar berdi.

Foto: Google

Ma’lum qilinishicha, qo‘lga olinganlar so‘roq qilish uchun politsiya uchastkasiga olib kelingan.

Ular IShIDning qurolli nizo hududlaridagi faoliyatiga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.

Qo‘lga olinganlarning qaysi mamlakat fuqarolari ekanligi ma’lum qilinmagan.

O‘tgan haftada Istanbulda politsiya IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan to‘qqiz nafar xorij fuqarosini qo‘lga olgandi.