Farg’ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan So‘x tumanida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida, tumanning Sharqobod mahallasida qurib bitkazilgan yangi ko‘prikning foydalanishga topshirish tadbirida ishtirok etgan.

Foto: Farg’ona viloyati hokimligi axborot xizmati

Tuman markazini Sharqobod bilan bog‘lanadigan bu zamonaviy inshootning rekonstruksiya qilish ishlari uchun 5 milliard 170 million so‘m mablag‘ sarflangan.

Qurilgan yangi zamonaviy ko’prik tuman ahliga arzirli yangi yil tuhfasi bo‘lgan. Bugunga qadar aholi metal konstruksiyadan barpo etilgan xavfsizlik darajasi yetarli bo‘lmagan ko‘prikdan foydalanib kelardi.

So‘xliklar viloyat hokimi bilan muloqot chog‘ida Prezidentimizning tumanning rivoji uchun alohida e’tiborlarini har kun, har jabhada his etib turishganini ta’kidlab, davlatimiz rahbariga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilishgan.