Rossiyaning Leningrad viloyatida ustiga beton plita tushib ketgan o‘zbekistonlik ishchi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda huquq-tartibot idoralariga tayanib xabar berilgan.

Foto: TASS

Ta’kidlanishicha, fojia joriy yilning 27-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 atrofida Lavrikiyga olib boruvchi shosseda sodir bo‘lgan. 

25 yoshli jabrlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, uni plita bosib qolgan. O‘zbekistonlik migrant og‘ir ahvolda reanimatsiyaga yotqizilgan. 

Shifokorlar unga uzoq muddatli siqilish sindromi va turli jarohatlar tashxisini qo‘ygan: bosh miya chayqalishi, yopiq bosh miya travmasi, qovurg‘a sinishi, pnevmotoraks, bosh va iyakdagi ko‘karishlar va jarohatlar.