O‘zbekistonning Xitoy va Gretsiyadagi yangi Favqulodda va Muxtor elchilari tayinlandi. 

Foto: Uznews

Xususan, Tashqi ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Farhod Arziyev O‘zbekistonning Xitoydagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekistonning Italiyadagi Favqulodda Va Muxtor Elchisi Otabek Akbarov o‘rindoshlik asosida O‘zbekistonning Gretsiyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlandi.

Avvalroq, Farhod Arziyev Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani, u elchi bo’lishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.