O‘zbekistonda 29-dekabr kuni so‘nggi 6 oy ichida ilk bor koronavirusdan o‘lim holati qayd etilmadi, deya xabar bermoqda SSV.

Footo: Google

Ma’lum qilinishicha, 29-dekabr kuni O‘zbekistonda 143 nafar kishida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan, umumiy zararlanganlar soni 198 ming 769 nafarni tashkil etmoqda.

29-dekabr kuni yangi kasallanish holatlarining:

  • 12 nafari Andijon viloyatida;
  • 10 nafari Buxoro viloyatida;
  • 5 nafari Jizzax viloyatida;
  • 1 nafari Navoiy viloyatida;
  • 5 nafari Namangan viloyatida;
  • 11 nafari Samarqand viloyatida;
  • 2 nafari Sirdaryo viloyatida;
  • 1 nafari Surxondaryo viloyatida;
  • 8 nafari Farg‘ona viloyatida;
  • 13 nafari Xorazm viloyatida;
  • 40 nafari Toshkent viloyatida;
  • 35 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

29-dekabr kuni koronavirusdan vafot etganlar qayd etilmadi, shu sababli koronavirusdan o‘lim holatlari soni jami 1485 nafar bo‘lib qolmoqda.

Shuningdek, kasallikdan tuzalganlar soni jami 195 840 nafarga yetgan.