Namangan viloyatiga Xitoy Xalq Respublikasining “FHT Future technology ltd” kompaniyasi tomonidan 300 million dollarlik investitsiya kiritilishi ko‘zda tutilmoqda.

Foto: Glotr

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov va kompaniya bosh direktori Li Jin Ven o‘rtasida shartnoma imzolandi. Istiqbolli loyihani hamkorlikda jadal sur’atlarda amalga oshirish bo‘yicha kelishib olingan.

Loyihaga ko‘ra, Pop tumanida quyosh elektr stansiyasi va texnopark qurish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, kompaniya tomonidan, zamonaviy issiqxonalar, quyosh panellarini Namanganda yig‘ish va eksportga yo‘naltirish ham rejalashtirilmoqda.