Bugun, 30-dekabr kuni Namangan shahridagi Ozod mahalla fuqarolar yig‘ini A. Xo‘jayev ko‘chasida joylashgan xususiy korxonaga qarashli chevarxonada yong‘in sodir bo‘lgan.

Foto: FVV axborot xizmati

Namangan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yong‘in natijasida chevarxona binosining shift va ichki qismidan 70 kv. metr joy, tayyor va yarim tayyor mahsulotlar, 6 dona tikuv mashinasi, 1 dona kompyuter hamda hujjatlar yonib zararlangan.

Yong‘inda hech kim kuymagan va halok bo‘lmagan. Hozirda tegrovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.