AQShdagi Braun universiteti olimlari koronavirusni to‘g‘ri aniqlaydigan Bubbler testini ixtiro qilishdi. Bu haqda “The Providence Journal” xabar berdi.

Foto: Sputnik

Ma’lum qilinishicha, test RNKni odam nafas olayotgan virus zarralaridan DNKga aylantira oladi. Shuningdek, u tanadagi virus miqdorini va kuchlanishni aniqlaydi. Bu Rod-Aylend shtatidagi shifoxonada koronavirusdan davolanayotgan 70 nafar bemorda sinovdan o‘tkazilgan.

Olimlar bemor tomonidan chiqarilgan havodan virus namunalarini, shuningdek, tildan infektsiya parchalarini olgan. Bu PZR testi bilan taqqoslangan.

Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, bemor nafas olgan havoda virus 15 soniya ichida saqlanadi. Bundan tashqari, Bubbler o‘pka faoliyatini o‘rganishda ham samarali ekanligi isbotlangan.