Gretsiyalik arxeologlar tunikadagi ayol haykalini topishdi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, ushbu haykallar Rim imperiyasi davrida yaratilgan. Bu haqda Gretsiya Madaniyat va sport vazirligi xabar berdi.

Ushbu topilmalar, Peloponnesning shimoli-sharqida joylashgan qadimgi Epidavr shahridan topilgan. Hozirda bu yerda arxeologiklar tomonidan bu topilmalar ustida ish olib borilmoqda.

“16-dekabr kuni qadimiy Epidavr bozorida muhim topilma topildi. Bu juda yaxshi sifatli ayolning real o‘lchamdagi marmar haykali. Haykal qo‘llari va boshi bo‘lmagan holda topilgan”, – deyiladi vazirlik bayonotida.

Bu yilgi qazish mavsumi allaqachon yakunlangan, biroq kuchli yomg’irlar yerni yuvib, haykallarning orqa qism qatlamlarini ochib qo’ygan so’ng yana darhol hududda qazish ishlari olib borilgan.

Haykalda to‘n va mantiya kiygan qiz tasvirlangan. Bu tasvir antik davrda turmush qurgan ayollar haykallariga xos.

Haykallar saqlash, tozalash va tiklash uchun Asklepiondagi omborga olib ketilgan.