O‘zbekiston ekologik partiyasi raisi Narzullo Oblomuradov Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga ma’qullandi .

Oblomurodov Narzullo Naimovich

Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi a’zolari, vazirlar lavozimga tayinlanishidan avval ularning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida deputatlar tomonidan ko‘rib chiqiladi.

“2021-yil 30-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda deputatlar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi lavozimiga Narzullo Oblomuradov nomzodini ko‘rib chiqdilar va ma’qulladilar”, – deyiladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot xizmati xabarida.