2021-yilning so‘nggi kunlari O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Kechalari havo harorati 0-5 daraja iliq, kunduz kunlari esa 10-15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Foto: Google

“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, yangi yilning dastlabki kunlari, 1-3 yanvarda respublikaning ayrim hududlarida vaqti-vaqti bilan biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi.

4-yanvarda O‘zbekiston hududining katta qismida yomg‘ir yog‘adi. Kechalari havo harorati 2-7 daraja iliq, 1-3 yanvarda kunduz kunlari 10-15 daraja iliq, 4-yanvarda esa 5-10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Ushbu kunlarda faqat respublikaning tog‘li hududlarida qor yog‘adi. 4-yanvarda ba’zi joylarda kuchli qor yog‘ishi mumkin.