Joriy yilning 31-dekabr kuni Toshkent metropoliteni doimiy tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK bayram kunlari harakat tarkibi qatnovi vaqti bo‘yicha bergan ma’lumotida qayd etilgan.

Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

31-dekabr dam olish kuni metropoliten doimiy tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi. Ish vaqtining tugashi esa 1 (bir) soatga uzaytiriladi yani barcha metro bekatlari 31-dekabr 05:00dan 1-yanvar soat 01:00gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.

2022-yil 1— 4 yanvar kunlari metropoliten yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida harakatlanadi.