Toshkentda Milliy gvardiyaning harbiy xizmatchilari to‘rt yoshli bolani qutqarib qoldi, deya xabar bermoqda “Podrobno”.

Foto: Google

“27-dekabr kuni soat 14:40da Toshkent Milliy gvardiyasining tezkor guruhi xodimlari Yashnobod tumanida navbatchilik qilayotib, 22-sonli harbiy shaharcha uylaridan birining derazasi temir panjarasiga tiqilib qolgan 4-5 yoshli bolani ko‘rib qolgan. Bola yordamga chaqirayotgan bo‘lgan”, — deb yozgan Milliy gvardiya matbuot xizmati.

Xodimlar darhol yaqin atrofda turgan Obodonlashtirish boshqarmasining maxsus avtomashinasini chaqirib, uchinchi qavatdagi temir panjara orasida osilib turgan bolani qutqarib olgan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, bolaning onasi o‘sha paytda ishda bo‘lgan. Bolakay sog‘ va salomat o‘z oilasiga topshirilgan.